Fuqarolar davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan sudlarga murojaat qilish chog`ida belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to`lashi belgilanmoqda, deya xabar bermoqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev.
Amaldagi stavka fuqarolardan BHMning 1 baravari, yuridik shaxslar va YaTTlardan BHMning 10 baravari miqdorida belgilangan.
Deputatning ta`kidlashicha, loyiha qabul qilinsa ma`muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar 150 ming so`m, yuridik shaxs va YaTTlar 1,5 mln so`m boj to`laydigan bo`ladi.
"Loyiha deputatlar tomonidan ko`rib chiqilmoqda.
Odil sudlov sari qadamda hozircha bu ham kichik “progress”, desa bo`ladi", – deydi xalq vakili.






