AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga boradi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga boradi'ning rasmi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi. 

Ta`kidlanishicha, Davlat rahbarining bu haftadagi ish jadvallari ham ichki, ham tashqi siyosiy masalalarda qator tadbir, uchrashuv va tashriflar o`rin olgan.

11 oktyabr kuni Davlat rahbari mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Tatarston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanovni qabul qiladi. Unda hududlararo hamkorlikni yangi mazmun va aniq loyihalar bilan yanada rivojlantirish hamda amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi qo`shma dasturlarni yanada jadallashtirish masalalarining muhokamasi ko`zda tutilgan.

Shuningdek, 12-14 oktyabr kunlari Shavkat Mirziyoev Osiyoda hamkorlik va o`zaro ishonch choralari bo`yicha kengash yig`ilishi, Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida ishtirok etish uchun Qozog`iston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Tashrif kun tartibida xorijiy davlatlar, shu jumladan, Vetnam Sosialistik Respublikasi Vise-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif va bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazish ham ko`zda tutilgan.

Bundan tashqari hafta davomida Prezidentimizning mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bag`ishlanagan qator muhokamalarni o`tkazishlari rejalashtirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar