Hukumat qarori bilan (582-son, 07.10.2022 y.) “Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish tartibi to`g`risidagi” nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra, murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlarning malakasini oshirish va o`qitishning asosiy vazifalaridan biri, murojaatlar bilan ishlash sohasidagi vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish ko`nikmalarini o`rgatish hisoblanadi.
Murojaatlar bilan ish olib boruvchi xodimlar malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Xodimlar malakasini oshirish bilan bog`liq xarajatlar ularni malaka oshirishga yuborgan tashkilotning hisobidan qoplanadi.
Malaka oshirish kursida o`qitish vaqti 12 soatni tashkil etadi.
Malaka oshirish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
- ️ta`lim muassasasi va uning filiallarida o`qitish;
- ️xodimlarning ish joyida o`qitish;
- ️masofaviy ta`lim orqali o`qitish.
Malaka oshirish kurslari o`quv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) bo`yicha sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.






