AsosiyJamiyat

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas`ul jazolandi

'"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas`ul jazolandi'ning rasmi

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturi ijrosidagi kamchiliklar uchun mingdan ortiq mas`ul javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortig`i ogohlantirildi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Bosh prokuratura bo`lim boshlig`i Abdurahim Muhiddinov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo`l qo`ygan va o`z vazifasini lozim darajada bajarmagan 427 nafar mas`ullar intizomiy va 724 nafari ma`muriy javobgarlikka tortildi, 3.040 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.

Jazolanganlar orasida Qoraqalpog`iston Vazirlar Kengashi raisi, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimlarining hamda 107  nafar tuman (shahar) hokimlarining o`rinbosarlari, shuningdek Madaniy meros agentligi direktori, Madaniyat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Gidrometeorologiya xizmat markazi hamda “O`zsuvta`minot” AJ rahbarlarining sohaga mas`ul o`rinbosarlari ham bor.

Qo`pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 185 ta jinoyat ishlari qo`zg`atildi, 880 nafar fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

 

    Boshqa yangiliklar