AsosiyJamiyat

"Harorat iqlimiy me`yordan yuqorilaydi". "O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

'"Harorat iqlimiy me`yordan yuqorilaydi". "O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududi bo`yicha ob-havoni antisiklon periferiyasi belgilaydi. Respublika shimolida va cho`l hududlarida ba`zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkun. Respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25° dan oshmaydi.

Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antisiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo`lishi kutilmoqda. Kechalari havo 7-10° atrofida salqin bo`ladi, kunduz kunlari esa 25-28° gacha asta-sekin isiydi, bu o`rtacha iqlimiy me`yorlardan biroz yuqoridir.

    Boshqa yangiliklar