Ijtimoiy tarmoqlar orqali joriy yilning 9 oktyabr kuni “Navoiy shahar beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyada mahkum vahshiylarcha o`ldirildi” nomli xabar tarqatildi.
Navoiy viloyati prokuraturasining mazkur holat bo`yicha aniqlik kiritishicha, mahkum M.O 2022 yil 7 oktyabr kuni soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo`linmasining 2-hujrasida o`zining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun mo`ljallangan o`rin joyidagi krovat temiriga o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan.
Mahkum M.O mazkur jinoyat ishi bo`yicha 30.07.2018 yilda jinoyat ishlari bo`yicha Andijon viloyati sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi, 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. (JKning bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.)
Mazkur holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo`lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.






