Tailand Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha bo`lgan davrda mamlakatga kelgach viza oluvchi (Visa on Arrival) O`zbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatda vaqtincha bo`lish muddati 15 kundan 30 kungacha uzaytirildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
O`zbekiston Bosh konsulxonasidan olingan ma`lumotga ko`ra, shuningdek, barcha toifadagi fuqarolar uchun emlash sertifikati yoki PCR-testini taqdim etish talabi bekor qilindi.
O`zbekiston fuqarolariga vizalar "Visa on Arrival" yozuvi mavjud bo`lgan maxsus o`tish yo`laklarida beriladi.
Ushbu turdagi vizalarni olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- pasport (Tailanddan ketish rejalashtirilgan kundan boshlab kamida 6 oy amal qilish muddati bilan);
- 4×6 sm hajmdagi 1 dona fotosurat, oq fonda (viza berilishidan kamida 6 oy oldin olingan bo`lishi lozim, aeroport hududida ham 10 AQSh dollarga rasmga tushish imkoniyati mavjud);
- qaytish aviachiptasining nusxasi;
- bir kishi uchun 2000 bat (taxminan 55 AQSh dollari) viza to`lovi, to`lov Tailand batida amalga oshiriladi;
Bundan tashqari, immigrasiya nazoratidan o`tayotganda fuqarolardan mehmonxonani band qilganligi to`g`risida hujjat yoki har bir kishi uchun 20 ming Tailand bati (taxminan 550 AQSh dollari) miqdorida mablag` mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
Qo`shimcha ma`lumotlar bo`yicha O`zbekistonning Tailanddagi (Bangkok shahrida joylashgan) Bosh konsulxonasiga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: +6626753995, +6626753995.






