AsosiyDunyo

Erdog`anning vakili Moskva-Kiev muzokaralari tiklanishi mumkinligiga ishora qildi

'Erdog`anning vakili Moskva-Kiev muzokaralari tiklanishi mumkinligiga ishora qildi'ning rasmi

Turkiya prezidenti rasmiy vakili Ibrohim Kalin Rossiya va Ukraina o`rtasida muzokaralar qayta boshlanishi mumkinligini aytdi.

Uning so`zlariga ko`ra, Moskva va Kiev muzokaralari to`xtab qolishi oldindan aniq bo`lgan. Shu bilan birga u qaysidir darajada tiklanadi.

"Masala shundaki, muzokaralarga qachon qaytiladi va bu vaqtda vayrongarchilik qay darajada bo`ladi", — degan Kalin.

 

Erdog`anning vakili Kreml G`arb bilan yangi kelishuvga erishishga harakat qilayotganini ta`kidlagan.

"Shubhasiz, bu Ukrainaga taalluqli. Ammo katta masshtabda bu Rossiya va G`arb dunyosi o`rtasidagi kelishuv hisoblanadi", — deb qayd etgan siyosatchi.

Seshanba kuni Vladimir Zelenskiy  Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o`tkazmasligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar