Yadro qurolini qo`llash mutlaqo mumkin emas. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols Pragadagi Evroittifoqning norasmiy sammiti yakunida ma`lum qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' sayti.
Ma`lum qilinishcha, Shols Rossiya tomonidan kelayotgan yadro tahdidini barcha birgalikda to`xtatishi lozimligini, aks holda butun dunyo katta xavf ostida qolishini ta`kidlagan. Kanslerning so`zlariga ko`ra, sammitning barcha ishtirokchilari Ukrainaga siyosiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan qo`llab-quvvatlashni tasdiqlagan.
Shu bilan birga Germaniya kansleri Evropa davlatlari, jumladan, Germaniya ham Ukraina sharqida o`tkazilgan “referendumlar”ni tan olmasligini qayd etgan.






