AsosiyJamiyat

Toshkentda "Nexia-3" yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani oqibatida 4 mashina to`qnashdi

'Toshkentda  "Nexia-3" yo`lning qarama-qarshi tomoniga chiqib harakatlangani oqibatida 4 mashina to`qnashdi'ning rasmi

Ikki kun avval, 6 oktyabr kuni taxminan soat 13.30 larda Yakkasaroy tumani hududidagi kichik xalqa avtomobil yo`lida to`rtta transport vositalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. To`qnashuv oqibatida "Spark" haydovchisi va uning ichida bo`lgan voyaga etmagan yo`lovchi shifoxonaga yuborilgan. Hodisa haqida poytaxt IIB xabar bermoqda.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, YTHning sababi: "Nexia-3" rusumli transport vositasi haydovchisi yo`l harakati qoidalariga rioya etmasdan, yo`lning qarama-qarshi qismiga chiqib harakatlangani. Buning oqibatida avtomashina boshqa transport vositalari bilan to`qnashgan. Natijada to`rtta avtomashina ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi yuzaga kelgan. .

"Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar