AsosiyJamiyat

Rossiyada migrantlar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv oqibatida o`zbek fuqarosi shifoxona tushib qoldi (video)

'Rossiyada migrantlar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv oqibatida o`zbek fuqarosi shifoxona tushib qoldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federasiyasidagi mehnat migrantlari o`rtasida mushtlashuv yuz bergani, unda O`zbekiston fuqarolari ham ishtirok etgani haqida video tarqaldi.

https://t.me/darakchiuzlive/1728

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hodisaga munosabat bildirdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Sankt-Peterburg shahri janubida bir nechta erkak kishi o`rtasida kelishmovchilik natijasida janjal kelib chiqqan. Shuningdek, o`zaro to`qnashuv jarayonida o`q otar quroli ham ishlatilgan.

Ushbu janjal oqibatida O`zbekiston fuqarosi 1994 yilda tug`ilgan D.A. jarohat bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan. 

"Hozirgi vaqtda uning holati yaxshi.

Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda",- deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar