AsosiyDunyo

"Evropa sekin o`layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda" — Orban

'"Evropa sekin o`layotgan paytda Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda" — Orban'ning rasmi

Vengriya bosh vaziri sanksiyalar o`zini oqlamaganini aytdi, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.

Qayd etilishicha, Viktor Orban Evroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini xato deb atagan.

“Sanksiyalar ularga qo`yilgan umidlarni oqlamadi. Evropa asta-sekin yaralanmoqda, bu paytda esa Rossiya yaxshigina pul ishlamoqda. Bir narsa aniq: Bryusselning xato sanksiyalar siyosatini o`zgartirish kerak”, – degan u EIning norasmiy uchrashuvida.

Shu bilan birga Orban Vengriya neft embargosidan tashqarida ekanini va qator cheklovlarga qo`shilmaganini eslatib o`tgan. Bosh vazirning fikricha, aynan sanksiyalar Energetik resurslarning narxini keskin oshib ketishiga olib keldi.

    Boshqa yangiliklar