Davlat statistika qo`mitasining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika bo`yicha 197013 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqda Statistika qo`mitasi xabar qildi.
Bu o`tgan yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 9750 taga kam.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 10895 ta
— Andijon viloyati – 16402 ta
— Buxoro viloyati – 10907 ta
— Jizzax viloyati – 8536 ta
— Qashqadaryo viloyati – 20298 ta
— Navoiy viloyati – 6335 ta
— Namangan viloyati – 14659 ta
— Samarqand viloyati – 22329 ta
— Surxondaryo viloyati – 16885 ta
— Sirdaryo viloyati – 5164 ta
— Toshkent viloyati – 16226 ta
— Farg`ona viloyati – 20955 ta
— Xorazm viloyati – 11039 ta
— Toshkent shahri – 16383 ta






