O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida o`tkazilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.
Sammitda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog`iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ham qatnashdi.
Tadbirda kelgusi haftada Ostona shahrida bo`lib o`tadigan MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik bilan bog`liq dolzarb masalalar ko`rib chiqildi.
Ko`p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, investision, transport-kommunikasiya sohalaridagi yaqin aloqalarni kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.
Shu bilan davlatimiz rahbarining amaliy tashrifi yakunlandi. Prezidentimiz Toshkentga jo`nab ketdi.






