AsosiyJamiyat

Farg`onada ikki shaxs fuqaroni "tanishlari" orqali qamoqdan chiqarib berish uchun 10 000 dollar talab qildi

'Farg`onada ikki shaxs fuqaroni "tanishlari" orqali qamoqdan chiqarib berish uchun 10 000 dollar talab qildi'ning rasmi

Joriy yilning 5 oktyabr kuni fuqaro D.Q (muqaddam sudlangan) hamda M.J.lar oldindan til biriktirib, fuqaro D.E.ning tergov organi tomonidan ayblanib, qamoqqa olingan tanishi T.R.ni huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ishlovchi mansabdor shaxslar orqali qamoqdan chiqarib, jinoyat ishini ijobiy xal qilib berishlari evaziga undan 10.000 AQSh dollari talab qilishgan.

Viloyat IIB xabariga ko`ra, fuqaroning arizasi asosida huquq-tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o`tkazgan tezkor tadbir davomida yuqoridagi shaxslar Qo`qon shahar, Turkiston ko`chasida arizachidan 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, shuningdek, muqaddam sudlangan fuqaro D.Q. 3 nafar fuqarolardan jarima maydonidagi avtomashinani chiqarish, haydovchilik guvohnomasi olib berish va boshqa harakatlar uchun ham pul olganligi yuzasidan arizalar kelib tushgan.

"Mazkur holat yuzasidan D.Q va M.J.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi "a" bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar