Buxoro viloyatining 2 ta tumaniga prokuror tayinlandi, deya xabar bermoqda “Yangi O`zbekiston” nashri.
Qayd etilishicha, Botir Sultonov G`ijduvon tumani prokurori etib tayinlangan. Tayinlovga qadar B.Sultonov Vobkent tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Jamshid Vosiev Vobkent tumani prokurori etib tayinlangan. Tayinlovga qadar J.Vosiev G`ijduvon tumani prokurori lavozimida ishlagan.