Gold.org ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda 2022 yil boshidan avgust oyiga qadar oltin zaxirasi 19 tonnaga oshdi.
Ta`kidlanishicha, mamlakat oltin zaxiralarining o`sishi bo`yicha dunyoda Hindiston, Iroq, Misr va Turkiyadan keyin beshinchi o`rinni egalladi.
Respublikada Avgust oyida oltin zaxiralarining o`sishi avvalgi ikki oydagi kabi — 9 tonnani tashkil etdi.
Shunday qilib, shu yilning birinchi choragi deyarli 25 tonna oltin sotish bilan boshlanganiga qaramay, sof xaridlar 19 tonnadan oshdi. Hozirda O`zbekistonning oltin zaxiralari 381 tonnadan ortiqni tashkil etadi (umumiy zahiraning 59 foizi).






