AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Jahon banki vise-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Jahon banki vise-prezidenti Anna Berde boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi'ning rasmi

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda

O`zaro hamkorlik o`rnatilganidan buyon o`tgan 30 yilda ustuvor tarmoqlardagi loyihalar portfeli 8 milliard dollardan oshdi. 

Bugungi muzokaralar kun tartibidan ushbu etakchi xalqaro moliyaviy institut ko`magida ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ilgari surish masalalari o`rin olgan.

Alohida e`tibor qishloq joylarda turmush darajasini yaxshilash, davlat korxonalarini xususiylashtirishni jadallashtirish, qishloq xo`jaligini transformasiya qilish, ijtimoiy sohani modernizasiyalash, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va boshqa jihatlarga qaratiladi.

    Boshqa yangiliklar