AsosiyDunyo

AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi vatandoshlarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi

'AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi vatandoshlarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi'ning rasmi

AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi vatandoshlariga murojaat qilib, zudlik bilan mamlakatni tark etishga chaqirdi.

“AQSh fuqarolari Rossiyaga sayohat qilmasliklari kerak, Rossiyada istiqomat qiluvchi yoki sayohat qilganlar esa cheklangan tijorat imkoniyatlari saqlanib qolgan holda Rossiyani zudlik bilan tark etishlari kerak”, deyiladi elchixona saytida. 

AQSh elchixonasining aniqlik kiritishicha, uning amerikalik fuqarolarga yordam berish imkoniyati keskin cheklangan va jumladan, transport imkoniyatlari birdaniga yana cheklanib qolishi mumkin.

"Agar siz Rossiyani tark etmoqchi bo`lsangiz, imkon qadar tezroq o`zingiz harakat qilishingiz kerak", deya xabar bergan elchixona.

Elchixona shuningdek, AQSh fuqarolariga Rossiyada tinch yig`ilishlar va so`z erkinligi kafolatlanmaganini eslatgan.

"Barcha siyosiy yoki ijtimoiy noroziliklardan qoching va ushbu tadbirlarda xavfsizlik xodimlarini suratga olmang. Rossiya hukumati namoyishlarda qatnashgan AQSh fuqarolarini hibsga oldi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar