AsosiyJamiyat

Respublikaning 3 ta hududida maktab ta`miridagi talon-torojliklar aniqlandi

'Respublikaning 3 ta hududida maktab ta`miridagi talon-torojliklar aniqlandi'ning rasmi

Bugungi kunda ta`lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta`mirlash borasida “Zamonaviy maktab” talablariga mos ravishda sifat nazorati yaratilgan.
Mazkur nazorat tizimida Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlarining asosiy e`tibori huquqbuzarlik sodir etilgunga qadar aniqlash, profilaktika qilish va bartaraf etishga qaratilgan.

Profilaktik tadbirlar hamda ko`rsatilayotgan amaliy yordamlarga qaramasdan yaratilgan sharoitlarni shaxsiy boylik orttirish “imkoniyati” sifatida ko`rayotgan ayrim qurilish tashkilotlarining rahbarlari maktab binolarini qurish yoki joriy ta`mirlashida belgilangan talablarga rioya qilmasdan ajratilgan mablag`larni talon-toroj qilish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Departamentning hududiy bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, amalda bajarilmagan ishlarni rasmiy hujjatlarga qo`shib yozish orqali Buloqboshi tumanida “T.T.” MChJ tomonidan 1,2 mlrd so`m, Tomdi tumanida “N.O.” MChJ tomonidan 316 mln so`m va Olmaliq shahrida “M.E.” MChJ tomonidan 306 mln so`m talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan  jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar