Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga O`zbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish ob`ektlarida ish beruvchi ularning pasportlarini olib qo`yilgani to`g`risida murojaat qiladi.
Muammoga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat o`tkazilib, Rossiya Federasiyasining amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqarolarning pasportlari o`z egalariga qaytarildi.
Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federasiyasi hamda O`zbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli va`dalarga uchmaslik yuzasidan targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi.






