Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan oshxonalarning birida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 28 sentyabr kuni soat 10:07 da Yashnobod tumani «Muhtor Ashrafiy» ko`chasida joylashgan oshxonalarning birida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida oshxonaning taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo`lish xolatlari qayd etilmagan.
Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






