AsosiyDunyo

Muhammad bin Salmon Saudiya hukumati rahbari etib tayinlandi

'Muhammad bin Salmon Saudiya hukumati rahbari etib tayinlandi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni podshosi Salmon bin Abdulaziz al Saud valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni mamlakat hukumati rahbari etib tayinladi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

Bunga qadar u bosh vazir o`rinbosari va mudofaa vaziri lavozimini egallab kelayotgan edi.

Davlat rahbari Muhammad bin Salmonga uzoq yillar davomida amalda bajarib kelgan vazifalarini rasman yukladi. Ayrim kuzatuvchilar Salmon bin Abdulaziz o`z vakolatlarini bosqichma-bosqich o`g`liga topshirishni boshlaganini ta`kidlagan.

Shuningdek, hukumatning yangi tarkibi ham tasdiqlangan. Unga ko`ra, yana bir shahzoda Xolid bin Salmon mudofaa vaziri etib tayinlangan. Bungacha u vazir o`rinbosari bo`lib kelayotgandi. Energetika va tashqi ishlar vazirlari o`z lavozimini saqlab qolgan.

    Boshqa yangiliklar