Bolgariya o`z fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etishga chaqirdi. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.
Bu chaqiriqni Bolgariya TIV mamlakatdagi qiyin vaziyat bilan izohlagan. Shuningdek, ular fuqarolarga Rossiyaga sayohat qilishdan tiyilishni tavsiya qilishgan.
Rossiyadagi bolgarlarga har qanday transport vositasida imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish imkoniyatini ko`rib chiqish tavsiya qilindi.
Shu bilan birga vazirlik yuqori darajada hushyor bo`lishni, shuningdek, odamlar gavjum joylardan qochishni tavsiya qiladi.
Eslatib o`tamiz, yozda Bolgariya hukumati Rossiya elchixonasining 70 nafar diplomati va texnik xodimlarini chiqarib yuborishga qaror qildi. Bir necha kundan keyin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 14 bolgar diplomatini persona non grata deb e`lon qilgan.






