AsosiyJamiyat

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 1,99 trln so`m ajratiladi

'Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 1,99 trln so`m ajratiladi'ning rasmi

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln so`m ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 23 sentyabr kuni qabul qilingan “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida belgilandi.

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
•    barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
•    “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga ko`mir va suyultirilgan gazni o`z vaqtida etkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta`minlash;
•    olis va borish qiyin bo`lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo`llar talofat ko`rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko`mir va suyultirilgan gazni etkazib berish hamda 15-20 kunga etadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.

Shuningdek, hujjat bilan elektr, gaz, suv ta`minoti, issiqlik energiyasi, ko`mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan ta`minlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi. Ularga ko`ra, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln so`m ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv ta`minoti tarmoqlarini profilaktika va ta`mirlash hamda 1,68 mln tonna ko`mir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.

Mas`ul idoralarga mavsumga tayyorgarlik jarayoni to`g`risida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida hisobot berib borish vazifasi yuklatilgan.

    Boshqa yangiliklar