Kecha, 27 sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegasiya O`zbekistonga tashrif buyurdi.
Martabali mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Sodiqjon Toshboev, O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov va bir guruh mutasaddilar kutib oldi.
Mazkur tashrifdan asosiy maqsad – O`zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o`rtasidagi hamkorlik munosabatlarini takomillashtirish, ayniqsa, diniy-ma`rifiy, ilmiy-tadqiqot, turizm, transport sohasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.






