Ayni daqiqalarda Prezident Administrasiyasi rahbari Sardor Umurzakov ishtirokida videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Umurzakov tadbirda paxta terimidagi qonun buzilish holatlarini tanqid qildi.
"Viloyatlar rahbarlarini paxta terimida majburiy mehnatning oldini olish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil qilish to`g`risida alohida ogohlantirgan edik.
Shunga qaramay paxta terimi bo`yicha har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yangi-yangi xabarlar tarqalmoqda. Endi tadbirkorlardan, byudjet tashkilotlarining oddiy xodimlaridan hasharchilarni jalb qilish uchun pul yig`ish avjiga chiqyapti ekan.
Bu holatlardan bitta xulosa qilish mumkin. Mazkur ish bilan shug`ullanayotgan har qanday rahbarni hurmatli Prezidentimiz siyosatlariga xiyonatkor deb baholash mumkin.
Bosh prokuratura (Nig`matilla To`lqinovich) bunday holatlarga aloqador bo`lgan shaxslarni xech ikkilanmay zudlik bilan jinoiy javobgarlikka tortishi kerak. Hududiy prokurorlar bilan birgalikda bizga qonun ustuvorligini ta`minlab berishlaringiz kerak" - deydi u.






