AsosiyDunyo

Keyingi ikki yilda Xitoyning iqtisodiy o`sish dinamikasi pasayishi mumkin

'Keyingi ikki yilda Xitoyning iqtisodiy o`sish dinamikasi pasayishi mumkin'ning rasmi

Jahon banki 2022 va 2023 yillarda Xitoy iqtisodiyoti o`sishi sekinlashishini prognoz qildi. Bunga ko`chmas mulk bozoridagi inqiroz va COVID-19 tarqalishiga qarshi kurash sabab qilib ko`rsatilgan, deya xabar bermoqda Zamon.uz' sayti.

Qiyd etilishicha, Xitoy YaIM 2022 yilda 2.8 foizga, keyingi yil esa 4.5 foizga o`sishi mumkin. Iyun oyida bu ko`rsatkich mos ravishda 4,3% va 5,2% ni tashkil etishi taxmin qilingandi.

“Xitoy hukumatining koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan harakatlari jiddiy iqtisodiy oqibatlar hisobiga amalga oshirilmoqda”, – deyiladi bank hisobotida.

Ma`lum qilinishicha, ko`chmas mulk bozoridagi vaziyat ham iqtisodiyotga o`z ta`sirini ko`rsatmoqda: qurilish hajmi va uy-joy sotuvi kamaymoqda, iste`molchilarning ko`chmas mulk bozoriga ishonchi pasayib ketgan. Qarzga botib qolgan qurilish kompaniyalari ob`ektlarni oxirgacha yakunlamay, tashlab ketyapti.

    Boshqa yangiliklar