Finlyandiya keyingi 2-3 yil ichida Rossiya bilan chegaraning janubi-sharqiy qismida devor qurish mumkin. Bu haqda “zamon.uz” yozmoqda.
Rossiya bilan Finlyandiya chegarasi uzunligi 1300 kilometrni tashkil etadi. Ushbu uchastkaning 10-20 foiziga devor qurish rejalashtirilmoqda. Uning uzunligi 130-260 kilometr bo`lishi kutilmoqda. Ushbu to`siqlar 50 yilgacha xizmat qiladi.
Finlyandiya chegara xizmati rahbari Pasi Kostamovaara bu loyiha davlat byudjetiga bir necha yuz million evroga tushishi mumkin. Bu mablag`da devor qurilishi bilan birga unga texnik xizmat ko`rsatish va zarur infratuzilma yaratish uchun sarflanadi.
Reuters agentligiga ko`ra, o`tgan dam olish kunlari 17 ming Rossiya fuqarosi Finlyandiya chegarasini kesib o`tdi. Bu bir hafta oldingi ko`rsatkichga nisbatan 80 foizga ko`p. Ayrim kuzatuvchilar bunday faollikni Rossiyada e`lon qilingan qisman harbiy safarbarlik bilan bog`lamoqda.






