AsosiyDunyo

Rossiya, agar zarur bo`lsa, yadro quroli qo`llashga haqli — Medvedev

'Rossiya, agar zarur bo`lsa, yadro quroli qo`llashga haqli — Medvedev'ning rasmi

Rossiya zarurat yuzaga kelsa va mamlakat mavjudligiga nisbatan xavf tug`ilsa, yadro qurolini qo`llash huquqiga ega, deb yozdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o`rinbosari Dmitriy Medvedev.

"Agar bu zarur bo`lsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanishga haqli. Oldindan belgilab qo`yilgan holatlarda. Yadroviy tiyib turish sohasidagi davlat siyosati asoslariga qat`iy rioya qilgan holda", — dedi u.

Yadro qurolini qo`llash haqidagi qaror Rossiya yoki uning ittifoqdoshlariga xuddi shunday yoki oddiy qurol-yarog` yordamida hujum qilingan taqdirda, mamlakatning mavjudligi xavf ostida bo`lgan paytda qabul qilinishi mumkin, deb yozdi sobiq prezident va sobiq bosh vazir.

"Bundan tashqari, bizga dushmanlarcha munosabatda bo`lgan qo`shnilarimizda yadro quroli paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik uchun hamma narsa qilamiz. Masalan, bugungi kunda NATO mamlakatlari tomonidan bevosita boshqarilayotgan nasistlar Ukrainasida", — dedi Medvedev.

Uning taxmin qilishicha, Rossiya tomonidan "eng dahshatli qurol" qo`llanilgan taqdirda, NATO vaziyatga aralashmaydi, chunki, uning fikricha, alyans uchun Vashington, London, Bryusselning xavfsizligi "hech kimga kerak bo`lmagan, halokat yoqasidagi Ukraina"dan ko`ra ancha muhimroqdir.

Kievga zamonaviy qurol-yarog` etkazib berilishini Medvedev Rossiyaga nisbatan "nafra" vasvasasiga uchragan G`arb mamlakatlari uchun "shunchaki biznes" deb atadi. "Shuning uchun ham — ushbu nizoda har qanday qurolning qo`llanilishini indamay qabul qiladi", — dedi u.

    Boshqa yangiliklar