AsosiyDunyo

ShHT mamlakatlarining aql markazlari 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi

'ShHT mamlakatlarining aql markazlari 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi'ning rasmi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari tahliliy iqtisodiy markazlari Konsorsiumi Xitoy tomoni raisligida videokonferensiya formatida joriy yilgi yakuniy yig`ilishini o`tkazdi.

Konsorsiumdan maqsad ShHTga a`zo mamlakatlarning tahliliy iqtisodiy markazlari salohiyatini birlashtirib, tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha qo`shma tadqiqotlar o`tkazish va mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko`maklashish.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti o`z taqdimotida O`zbekistonda kambag`allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijalari, shuningdek, ShHT mamlakatlari o`rtasida bu boradagi hamkorligini mustahkamlash bo`yicha takliflarni taqdim etdi.

 

    Boshqa yangiliklar