AsosiyJamiyat

Tunda Toshkentning markaziy ko`chalaridagi panjaralarni o`g`irlaganlar video kameraga tushib qoldi

'Tunda Toshkentning markaziy ko`chalaridagi panjaralarni o`g`irlaganlar video kameraga tushib qoldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, noma`lum erkak va ayol Abay ko`chasida o`rnatilgan drenaj panjaralarini o`g`irlaganliklarini aks etgan video tarqaldi. 

Toshkent shahar IIBBning ma`lum qilishicha, joriy yilning 26 sentyabr kuni Shayxantoxur tumani IIO FMBga 44 yoshli Toxir Z. ariza bilan murojaat qilgan. U o`z arizasida, Abay ko`chasidagi beton ariqcha ustiga o`rnatilgan drenaj panjaralar yo`qolganligini bildirib, ularni topishda amaliy yordam berishni so`ragan. 

Tezkor tadbir davomida voqea joyida o`rnatilgan videokuzatuv kamera yozuvlari o`rganilgan. Unda ayni paytda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan erkak va ayol, o`zlarining boshqaruvida bo`lgan oq rangli “Matiz” avtomashinasiga mazkur temir panjaralarni ortib ketganligi aniqlangan.

Hozirda o`g`rilikda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash bo`yicha tezkor tadbirlar davom ettirilib, tergovga qadar tekshiruvlar o`tkazilmoqda. Uning natijalariga ko`ra qonuniy qaror qabul qilinadi, deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar