Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Urumchi va Toshkentni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`laydi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, birinchi yo`lovchi reysi 14 oktyabrga belgilangan. Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
Ma`lumot uchun, China Southern Airlines — Xitoyning Guandun viloyati, Guanchjou shahrida joylashgan aviakompaniya. Bu samolyotlar parkining hajmi bo`yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya, shuningdek, Osiyodagi eng yirik aviatashuvchi hisoblanadi.






