AsosiyDunyo

Zelenskiy rossiyaliklarni jinoiy safarbarlikka bo`ysunmaslikka chaqirdi

'Zelenskiy rossiyaliklarni jinoiy safarbarlikka bo`ysunmaslikka chaqirdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti 25 sentyabr kuni Dog`istonda safarbarlikka qarshi bo`lib o`tgan norozilik namoyishlarini rus tilida izohladi. Bu haqda Uzreport yozdi.

Vladimir Zelenskiy urushning 214-kuni yakunlari bo`yicha o`z murojaatining bir qismini shu masalaga bag`ishladi.

“Ko`rib turibmiz odamlar, xususan Dog`istonda o`z hayotlari uchun kurasha boshladilar. Ko`rib turibmiz ular bu savol o`z hayotlari bilan bog`liqligini tushuna boshladilar. Nega ularning erlari, ukalari, o`g`illari bu urushda halok bo`lishi kerak? Faqatgina bir kishi xohlayotgan urushda. Xalqimizga qarshi, yurtimizni erlaridagi urushda. U o`z bolalarini urushga yubormayapti-ku!
Farzandlaringizni o`limga yuborilmasligi uchun kurashing. Chunki farzandlarimizning jonini olishga kelsangiz, men sizga ota sifatida aytaman, sizni tirik qo`yib yubormaymiz”, - dedi prezident.

Ukraina rahbari yana safarbarlikka bo`ysunmaslikka, harbiy xizmatdan qochishga yoki birinchi imkoniyatda Ukrainaga asirlikka tushishga chaqirdi.

    Boshqa yangiliklar