23 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida"gi (522-con) qarori qabul qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- O`zbekistonning barcha hududlarda maqbul narxlarda oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish;
- "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan oilalarga ko`mir va suyultirilgan gazni o`z vaqtida etkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta`minlash;
- olis va borish qiyin bo`lgan hududlarni hamda tabiiy ofatlar tufayli yo`llar talofat ko`rishi ehtimoli mavjud qishloq va ovullarga ko`mir va suyultirilgan gazni etkazib berish hamda 15-20 kunga etadigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish.
Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlashga 1,99 trln so`m ajratiladi, 737 km issiqlik tarmoqlari, 1,8 ming km suv ta`minoti tarmoqlarini profilaktika va ta`mirlash hamda 1,68 mln tonna ko`mir zaxirasini yaratish rejalashtirilmoqda.
"Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar": Qishda ko`mir va suyultirilgan gazni o`z vaqtida etkazib berish hamda bolalarni issiq kiyim-kechak bilan ta`minlash;






