Viloyat IIB xabariga ko`ra, hodisa 24 sentyabr kuni soat 01:00 larda Andijon shahar Milliy tiklanish ko`chasida sodir bo`lgan.
1988 yilda tug`ilgan N.O. o`zining boshqaruvida bo`lgan "Nexia-3" rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda yo`lning qatnov qismida arava etaklab ketayotgan 2 nafar piyodalar, 1979 yilda tug`ilgan T.O. xamda 2010 yilda tug`ilgan S.B.larni urib yuborib, yo`l-transport hodisasini sodir etgan.
Buning oqibatida xar ikkala piyodalar tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruv va tekshiruvlarga ko`ra, haydovchida mastlik holati aniqlanmagan.
"Ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo`yicha IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.






