Bugun, 24 sentyabr kunidan boshlab yo`lga sarflanadigan vaqtni 1 soatga qisqartirish maqsadida "Toshkent — Chirchiq — Xojikent" tezyurar shaharlararo elektropoezdlar qatnovi joriy etildi.
Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” AJ matbuot xizmati xabbar qildi.
Qayd etilishicha, bir kun avval shu maqsadlarda yangi temir yo`l o`tkazgichlar qurilishi nihoyasiga etkazildi, uchastkadagi temir yo`l izlari ta`mirlandi, temir-beton tayanchlar yangilandi.
Elektropoezd haftaning har shanba va yakshanba kunlari harakatlanadi. Jadval ishlab chiqish natijasida "Toshkent — Chirchiq" oralig`idagi elektropoezdning harakatlanish vaqti 45 daqiqaga, "Chirchiq — Xojikent" oralig`ida 15 daqiqaga qisqardi va yo`lga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soat 40 daqiqani tashkil etdi.
Poezdlar Toshkent janubiy vokzalidan va Xojikent bekatidan quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
6429-sonli Toshkent 07:10 — Xojikent 08:53
6430-sonli Xojikent 09:18 — Toshkent 11:00
6435-sonli Toshkent 13:38 — Xojikent 15:19
6436-sonli Xojikent 15:44 — Toshkent 17:26






