AsosiyJamiyat

Saudiya Arabistoni 2023 yili kosmosga o`z ekipajini uchirishni rejalashtirmoqda

'Saudiya Arabistoni 2023 yili kosmosga o`z ekipajini uchirishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Saudiya Arabistoni 23 sentyabr, juma kuni birinchi milliy boshqariladigan kosmik parvoz dasturini ishga tushirdi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.

Qayd etilishicha, ushbu dasturning maqsadi 2023 yilda ikki nafar saudiyalik kosmonavtni kosmosga olib chiqishdan iborat. Ekipaj tarkibidan bir ayol va bir erkak o`rin oladi.

Saudiya Arabistoni Kosmos komissiyasi ma`lumotlariga ko`ra, dastur uzoq va qisqa muddatli kosmik parvozlarga malakali nomzodlarni tayyorlash, ilmiy tajribalarni o`tkazish hamda sog`liqni saqlash, barqaror rivojlanish va kosmik texnologiya sohasida tadqiqotlarni amalga oshirishni o`z ichiga oladi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni yaqin oylarda Milliy kosmik dasturni ishga tushiradi. Unda mamlakatning koinot dasturlari va koinotning insoniyatga xizmat qilishiga qaratilgan tashabbuslar o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar