AsosiyJamiyat

O`zbekistonning olis hududlarida ko`mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi — Hukumat qarori

'O`zbekistonning olis hududlarida ko`mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi — Hukumat qarori'ning rasmi

“Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob`ektlari va ko`p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (522-son, 23.09.2022 y.) qabul qilindi

Qarorga ko`ra, 2022/2023 yillar kuz-qish davrida respublika bo`yicha:

2,967 ta ko`p kvartirali uylar;

299 ta gaz taqsimlash punktlari;

1,815.3 km ichimlik suvi tarmoqlari;

2,420 ta ijtimoiy soha ob`ektlari (jumladan, 13 ta maktab, 74 ta shifoxona va poliklinika, 7 ta OTM, 47 ta madaniyat ob`ektlari, 11 ta sport ob`ektlari mukammal) ta`mirlanadi;

149 km gaz quvurlarini tiklash-ta`mirlash ishlari amalga oshiriladi;

6,209 ta mahallaga 314,400 tonna suyultirilgan gaz etkazib beriladi;

1,680,000 tonna ko`mir mahsulotlari zaxirasi yaratiladi (shundan ijtimoiy soha ob`ektlariga 518,000 tonna ko`mir etkazib beriladi);

443 ta olis va borish qiyin bo`lgan qishloq (ovul)larda ko`mir, gaz va oziq-ovqat zaxiralari yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar