AsosiyJamiyat

Rashid Talipov O`zbekiston milliy karate federasiyasi raisi lavozimiga saylandi

'Rashid Talipov O`zbekiston milliy karate federasiyasi raisi lavozimiga saylandi'ning rasmi

Sportni rivojlantirish vazirligida O`zbekiston karate WKF federasiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo`lib o`tdi.

Bunga qadar Vazirlar Mahkamasining Ta`lim, sog`liqni saqlash va sport masalalari kotibiyati mas`ul xodimi bo`lib ishlagan Rashid Azatovich Talipov nomzodi O`zbekiston karate milliy federasiyasi raisi lavozimiga delegatlar tomonidan bir ovozdan ma`qullandi. 

Shu paytgacha federasiya rahbari sifatida faoliyat olib borgan Alamjon Mullaev, shuningdek, federasiyaning turli rahbarlik organlarida mehnat qilib kelayotgan Baxtiyor Nigmatullaev, Anvar Muhamedov, Saparmurod Jiemurotov, Ilhom Mamadaliev, Burxon Rahmonov hamda Dilnoza Bakirova rais o`rinbosarlari, bungacha federasiya Ijrochi direktori lavozimida ishlagan Farruh Toshkenboev federasiya bosh kotibi etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar