Bugun, 23 sentyabr kuni Samarqand shahrida 15 yoshli bola ehtiyotsizlik oqibatida erosti quvuriga tushib ketdi.
Qayd etilishicha, soat 17:00 da Samarqand shahrining “Abubakr Roziy” ko`chasida joylashgan chuqurligi taxminan 12 metr bo`lgan erosti quvuri (kanalizasiya)ga 15 yoshli bola tushib ketgani haqida viloyat FVBga xabar kelgan.
Bola qutqaruvchilar tomonidan sog`-salomat chiqarib olinib, unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan va davolash muassasasiga yuborilgan. Hozirda bola shifokorlar nazoratida.






