2022 yil 22 sentyabr kuni Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo`shma Shtatlarining "C5+1"formatidagi Vazirlar yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir davomida Qozog`iston Respublikasi, Qirg`iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston, O`zbekiston Respublikasi va Amerika Qo`shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari va vakillari tomonlarni qiziqtirgan yo`nalishlardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
O`zbekiston delegasiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov o`z nutqida "C5+1" muhim muloqot mexanizmi bo`lib, uning doirasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish borasida ma`lum yutuqlarga erishilganini qayd etdi.






