AsosiyDunyo

Xitoyning sobiq adliya vaziri o`lim jazosiga hukm qilindi

'Xitoyning sobiq adliya vaziri o`lim jazosiga hukm qilindi'ning rasmi

Xitoyda sobiq adliya vaziri Fu Chjenxua poraxo`rlik ishi bo`yicha o`lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda National Business Daily xabar qilgan.

Ma`lum qilinishicha, sud uni ikki yillik muhlat bilan o`lim jazosiga mahkum qildi. Agar shu ikki yil ichida mahkum qasddan boshqa jinoyat sodir etmasa, muhlat tugaganidan keyin o`lim jazosi umrbod qamoq jazosiga aylantirilishi mumkin.

Sud qaroriga ko`ra, mansabdor shaxs o`z mansab mavqeidan foydalanib, 117 million yuandan (taxminan 16,5 million dollar) ortiq pora olgan. Sobiq vazir, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi shaxslarga homiylik qilgan va "ukasi Fu Veyxuaning da`vo qilingan og`ir jinoyatlari haqidagi dalillarni yashirgan". Erkak jinoyatga iqror bo`lib, noqonuniy yo`llar bilan orttirilgan pul mablag`larini qaytarib bergan.

Ma`lumot uchun: Fu Chjenxua 2013 yildan buyon Xitoy Xalq Respublikasi Jamoat xavfsizligi vazirligi rahbari o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2018 yilda u Adliya vaziri etib tayinlandi va 2020 yilgacha shu lavozimda ishlagan. Amaldorga nisbatan tergov 2021 yil oktyabr oyida boshlangan.

    Boshqa yangiliklar