Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish bo`lib o`tmoqda.
Unda davlat rahbari tomonidan mutasaddilarga quyidagi topshiriqlar belgilab berildi:
- kelgusi yilga ehtiyojmand aholi uy-joy ipotekasi uchun 100 milliard so`m subsidiya ajratish;
- Zangiota tumanida “Yangi O`zbekiston” massivini qurish bo`yicha taklif kiritish;
- Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron, Nurafshon va Yangiyo`l shaharlarida 19 ta avariya holatidagi ko`p qavatli uylarda yashovchilarni zamonaviy uy-joy bilan ta`minlash chorasini ko`rish topshirildi.
Prezident viloyatdagi har bir fuqaroga bir marta yangi qurilgan xonadonni imtiyozli ipotekaga olish imkoniyatini berish kerakligini ta`kidladi. Shu munosabat bilan kelgusi yildan “Mening birinchi uyim” yangi ipoteka dasturini Toshkent viloyatidan boshlash taklif qilindi.






