Toshkent viloyati hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bir qator vazirlar, viloyat mas`ullari va faollari ishtirokidagi yig`ilish boshlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri.
Davlat rahbari o`z nutqini ShHTning Samarqand sammiti haqidagi fikrlari bilan boshladi.
"ShHTning Samarqand sammiti nima uchun aynan Samarqand shahrida o`tkazilishi zamirida katta ma`no bor. Chunki bobomiz Amir Temur o`z davrida buyuk bir davlat qurib, bir nechta davlatlarni birlashtirib, hokimiyatni Samarqanddan turib boshqargan. Shuning uchun ham bu sammit uchun Samarqandni tanladik. Buni tushungan odam tushunadi, tushunmagan odam esa baxtli odam", - dedi Shavkat Mirziyoev.
Yig`ilish davom etmoqda, unda tashkiliy masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda.






