Qashqadaryo viloyati prokuraturasining ma`lum qilishicha, Yakkabog` tumanidagi 75-umumta`lim maktabi balansidagi er uchastkalari ko`p qavatli turar-joy binosi qurish uchun ajratilib, asossiz ravishda begonalashtirilgan.
Talon-toroj qilinganlik holati yuzasidan tuman hokimligi huzuridagi er uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga berish (realizasiya qilish) masalalarini ko`rib chiqish doimiy komissiyasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat kodeksining 205-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan bo`lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovning borishi nazoratga olingan, deyiladi xabarda.






