AsosiyJamiyat

⚡️⚡️ O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

'⚡️⚡️ O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi'ning rasmi

Bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyada e`lon qilingan qisman harbiy safarbarlikdan so`ng mamlakatdan norozilik namoyishlari boshlanmb ketdi.

Shu munosabat bilan avval Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, keyinroq Bosh prokuratura ham ogohlantirish bilan chiqib, harbiy harakatlarda qatnashish taqiqlanishini bildirdi.

Ayni vaqtda O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ham ogohlantirish bilan chiqdi. 

Elchixona to`nashuvlarda ishtirok tufayli 10 yilgacha qamoq jazosi berilishini ma`lum qildi.

"Diplomatik vakolatxona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko`ra  “yollanish” — xorijiy davlat hududidagi qurolli to`qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o`tadi.  

Elchixona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi. Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi", — deyiladi xabarda 

    Boshqa yangiliklar