Bu haqda "Toshkent" avtovokzali xabar berdi. Avtovokzalning Rossiyaga qatnovchi xalqaro avtobus yo`nalishlari to`g`risida ma`lumotiga ko`ra, Toshkent—Perm o`rtasidagi qatnovlar qayta tiklangan.
Qayd etilishicha, Permga qatnovchi avtobuslar haftaning har seshanba va juma kunlari soat 17:25 da "Toshkent" avtovokzalidan yo`lga chiqadi. Chipta narxi — 905 ming so`m.
Shuningdek, quyidagi yo`nalishlar bo`yicha ham Rossiyaga avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda:
- har kuni soat 12:00 da — Toshkent—Moskva (chipta narxi 1 million 205 ming so`m);
- har seshanba va juma kunlari soat 11:00 da — Toshkent—Qozon (chipta narxi 905 ming so`m);
- har dushanba kunlari soat 14:00 da — Toshkent—Novosibirsk (chipta narxi 905 ming so`m);
- har seshanba va shanba kunlari soat 23:30 da — Toshkent—Omsk (chipta narxi 805 ming so`m);
- har payshanba kunlari soat 06:00 da — Toshkent—Nijniy Novgorod (chipta narxi 1 million 5 ming so`m);
- har chorshanba kunlari soat 20:00 da — Toshkent—Sankt-Peterburg (chipta narxi 1 million 505 ming so`m).
Chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan sotib olish mumkin.






