AsosiyJamiyat

Qishloqlardagi chet tillarini o`rgatuvchi nodavlat ta`lim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

'Qishloqlardagi chet tillarini o`rgatuvchi nodavlat ta`lim tashkilotlariga subsidiya ajratish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022 y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o`qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta`lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Reglamentga ko`ra, subsidiya nodavlat ta`lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

bino va o`quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o`qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;

zarur darsliklar, o`quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta`minlash, ta`lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to`lashga.

Nodavlat ta`lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining 10 sanasigacha YaIDXPda elektron ro`yxatdan o`tgan holda murojaat qiladi.

Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

▫️2 yilga mo`ljallangan biznes reja;

▫️mahsulot etkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to`g`risida tuzilgan xo`jalik shartnomalari;

▫️pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;

▫️pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;

▫️ta`lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o`quv xonalarining ijara shartnomasi (ko`chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta`lim tashkilotlari uchun).

Subsidiya talabgorlaridan yuqorida ko`rsatilmagan ma`lumot va hujjatlarni talab qilish qat`iyan taqiqlanadi.

Talabgor tomonidan davlat xizmatidan foydalanish uchun to`lov amalga oshirilmaydi.

Mazkur tartib 2022 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar