Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ilk xorijiy tashrifini Fransiyaga amalga oshiradi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.
Tashrif oktyabrda bo`ladi.
Qayd etishicha, Elizaveta II hukmronligining oxirgi etti yilida hech qaysi xorijiy davlatga bormagan, shu sababli yangi qirol “o`tkazib yuborilgan imkoniyat o`rnini to`ldirishi kerak”.
Charlz Emmanuel Makron bilan Afrikani “yashillashtirish” loyihasini muhokama qiladi. Shuningdek, Buyuk Britaniya TIV tashrifdan EI bilan munosabatlarni normallashtirishda foydalanmoqchi.
Bundan tashqari, qirol Germaniyaga ham borishi mumkin.
Ma`lumot o`rnida: Buyuk Britaniyani 70 yil boshqargan Elizaveta II 8 sentyabr kuni vafot etdi. Uning dafn marosimi 19 sentyabrda bo`lib o`tdi. Charlz III 10 sentyabrda qirol deb e`lon qilingan edi.






